Hindikushdagi zilzila kuchi Toshkentda 5, Termizda 5,5 magnitudani tashkil etdi

Печать

“Toshkent” markaziy seysmik stansiyasi Afg‘onistondagi Hindikush tog‘larida yuz bergan va O‘zbekistonda sezilgan yerosti silkinishlari yuzasidan “Daryo” nashriga axborot berdi.

Ma’lum qilishlaricha, Toshkent vaqti bilan 26-oktabr, dushanba kuni soat 14:09 da yuz bergan zilzila kuchi Termizda 5,5, Toshkent va Samarqandda 5, Farg‘onada 4, Andijon va Namanganda 3 magnitudani tashkil etgan. “Toshkent” MSS ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila markazida magnituda 7,5 ga teng bo‘lgan.

Hindikushdagi zilzila Hindiston, Pokiston va Afg‘oniston poytaxtlarida vahimaga sabab bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Davomli zilzila sabab Toshkent shahrida ham odamlar uy va ofislarni tashlab chiqdi, mobil telefon aloqasi vaqtincha ishlamay qoldi.

daryo.uz

Сўнгги ўзгартириш: 03.11.2015 21:56