Национальная Холдинговая Компания “Узбекнефтегаз”

A+ A-
  • (998 71) 233-57-57 Ягона алоқа рақами
  • (998 71) 233-28-88 Ишонч телефони
  • (998 71) 236-76-58 Девонхона

Euronews ijodkorlari Farg‘ona haqida ko‘rsatuv tayyorladi

Euronews telekanali ijodkorlari Marg‘ilon shahri va Rishton tumanlarida bo‘lib, bu maskanlarning maftunkorligini aks ettiruvchi ko‘rsatuvni tasvirga oldi, deb xabar beradi “Telegraf.uz”.

Euronews telekanalida O‘zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosi, turizm infratuzilmasi haqida hikoya qiluvchi Uzbekistan Life mavzusida turkum ko‘rsatuvlar namoyish etilmoqda.

“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasining ma’lum qilishicha, ayni kunlarda Euronews telekanali ijodkorlari O‘zbekistonning ko‘p asrlik tarixiy markazlari – Samarqand, Xiva, Shahrisabz, Marg‘ilon kabi shaharlar haqida lavhalar tayyorlash uchun O‘zbekistonga kelgan.

Ijodkorlar Marg‘ilon shahridagi “Yodgorlik” korxonasida, Rishton tumanidagi usta-kulol Rustamjon Usmonov ustaxonasida bo‘lib, u yerdagi jarayonlarni tasvirga tushirdi. Marg‘ilonning tarixiy merosi va sayyohlik salohiyati, urf-odat va an’analari haqidagi syujetlar tayyorladi.

Ma’lumot uchun. Uzbekistan Life teleko‘rsatuvlari Euronews platformasida tashkil etilgan O‘zbekistonning turizm imkoniyatlari haqidagi kenghajmli axborot kompaniyasining bir qismidir.

Uzbekistan Life bu − O‘zbekistonning tarixiy shaharlari maftunkorligini aks ettiruvchi videolavhalar turkumi bo‘lib, ularni Euronewsning taxminan 300 millionlik tomoshabinlari dunyoning 150 mamlakatida ko‘radi.

Uzbekistan Life turkumini Euronews telekanali 14 ta tilda namoyish qiladi: arab, ingliz, fransuz, nemis, italyan, ispan, turk, portugal, fors, polyak, yunon, venger, rus va ukrain tillari shular jumlasidandir.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Euronews telekanalida Samarqand haqida videoreportaj efirga uzatila boshlagani xabar berilgandi.

daryo.uz

Сўнгги ўзгартириш: 03.11.2015 21:57

Белгиланган матнни тинглаш учун куйидаги тугмани босинг Ишлатилинмокда GSpeech