Национальная Холдинговая Компания “Узбекнефтегаз”

A+ A-
  • (998 71) 233-57-57 Ягона алоқа рақами
  • (998 71) 233-28-88 Ишонч телефони
  • (998 71) 236-76-58 Девонхона

Markaziy Osiyo — AQSh hamkorligining yangi formati – “S5+1”ni tashkil etish ma’qullandi

Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida 1-noyabr kuni Markaziy Osiyoning besh mamlakati va Amerika Qo‘shma Shtatlari tashqi siyosat mahkamalari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zA.

Majlisni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ochdi.

Uchrashuvda AQSh Davlat kotibi Jon Kerri, Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov, Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev, Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov ishtirok etdi.

Majlisda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro hamkorlik istiqbollari to‘g‘risida fikr almashildi, xalqaro va mintaqaviy dolzarb masalalar muhokama etildi.

Uchrashuv yakunida Markaziy Osiyoning besh mamlakati va AQSh o‘rtasida Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi. Tadbir ishtirokchilari olti davlat tashqi siyosat mahkamalari o‘rtasida umum manfaatdor masalalar yuzasidan muntazam siyosiy muloqot o‘tkazish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikning yangi formati – “S5+1”ni tashkil etishni ma’qulladi.

daryo.uz

Сўнгги ўзгартириш: 03.11.2015 22:08

Белгиланган матнни тинглаш учун куйидаги тугмани босинг Ишлатилинмокда GSpeech