Национальная Холдинговая Компания “Узбекнефтегаз”

A+ A-
  • (998 71) 233-57-57 Ягона алоқа рақами
  • (998 71) 233-28-88 Ишонч телефони
  • (998 71) 236-76-58 Девонхона

“Nurafshon” bog‘ining yangi qiyofasi

Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi “Nurafshon” madaniyat va istirohat bog‘i kapital rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. 

Prezidentimiz rahnamoligida zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlari barpo etishga qaratilayotgan alohida e’tibor aholi, ayniqsa, bolajonlarning mazmunli dam olishiga xizmat qilayotir. 

Poytaxtimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan mazkur madaniyat va istirohat bog‘i O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-iyundagi “2013-2018-yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq «Open Garden» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan barpo etildi. 

Umumiy maydoni 2 gektarni egallagan mazkur bog‘da yigirmadan ortiq turli xil zamonaviy attraksionlar o‘rnatildi, mavjudlari ta’mirlandi. Bog‘ hududidagi maydon ko‘kalamzorlashtirildi hamda favvoralar bunyod etildi, suv sepish moslamalari o‘rnatildi. 

Yaxna ichimlik va muzqaymoq bilan savdo qiladigan kafe, fotostudiya, savdo do‘koni, stol tennisi, shaxmat-shashka maydonchalari aholi xizmatida. 

– Bog‘ni kattayu kichik uchun birday sevimli hordiq maskaniga aylantirish maqsadida yangi g‘oya va tashabbuslar ishlab chiqilmoqda, – deydi bog‘ direktori Sardor Isroilov. – Kelgusida zamonaviy amfiteatr, mini futbol maydoni, hayvonot burchagi, tennis korti va basseyn barpo etiladi. 

– Uyimiz yonida shunday zamonaviy bog‘ barpo etilganidan xursandmiz, – deydi Olmazor tumani Yoshlik mahallasida yashovchi Oysanam Eshmurodova. – Bugun farzandlarimiz bilan miriqib dam oldik. Bunyodkorlik ishlarini ko‘rib ko‘zimiz quvnadi.

uza.uz

Сўнгги ўзгартириш: 31.05.2016 18:21

Белгиланган матнни тинглаш учун куйидаги тугмани босинг Ишлатилинмокда GSpeech